Butun bir tarixiy viloyatga oʻz nomini bergan XII asrga oid ushbu qasr Italiyaning Merano shahridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Yuqorida tilga olingan tarixiy viloyatning katta qismi esa boshqa davlatga tegishli boʻlib, uning maʼmuriy birliklaridan birini tashkil etadi. Hurmatli bilimdonlar! Ushbu tarixiy viloyatni va tarkibiga shunday nomdagi maʼmuriy birlik kiruvchi mamlakatni ayting.