Gʻarb olimlari tomonidan oʻtkazilgan mustaqil ekspertiza Turin kafanini (Vatikan fikricha, Iso Masih xochga mixlangandan keyin oʻralgan mato boʻlagi) milodiy XI-XII asrlarga oid deb topganda, Vatikan juda xafa boʻldi. Ammo tez orada Papa va kardinallar ruhlanib ketishdi va hatto rossiyalik olimlarga rasman minnatdorchilik bildirishdi. Bu olimlarga bunday minnatdorchilik nima uchun berilgan?
Rossiyalik olimlar Turin kafanining sanasiga XI-XII asrlardagi yongʻin paytida matoga tushgan uglerod (qurum) zarralari taʼsir qilgan degan farazni ilgari surishdi. Buning uchun Papa ularga minnatdorchilik bildirdi.