Fransuz Qarshilik harakati jangchilari tomonidan nemis okkupatsiyasi va Vishist rejimi davrida Parijda tarqatilgan varaqalarda shunday deyilgan edi: "Haqiqiy oriy X kabi malla sochli, Y kabi xushqomat va Z kabi yosh boʻlishi kerak". Ushbu X, Y va Z ning haqiqiy ismlarini ayting.
"Gitler kabi malla sochli, Gering kabi xushqomat va Peten kabi yosh". (Voqealar Fransiyada boʻlgan! Peten esa u paytda 80 yoshdan oshgan edi).