X ham, Y ham kristal tabiatli materiallardir. X ning eng qadimgi namunalari million yillik, Y ning eng qadimgi namunalari esa milliard yillik tarixga ega. X dan farqli oʻlaroq, Y materiali bir asrdan beri keng koʻlamda sunʼiy ravishda ishlab chiqarilmoqda. Har ikki material ham sanʼat asarlarini yaratishda qoʻllaniladi. Iosif Aleksandrovich Brodskiy X — bu kambagʻallar uchun Y deb yozgan edi. Mos ravishda X va Y ni ayting.