X lotincha yoʻl, iz degan maʼnolarni anglatib, tabiiy yoki sunʼiy kosmik jism harakatining toʻla yoʻli hisoblanadi. Savol muallifi X haqida maʼlumot qidirayotganda Uzum marketning oziq-ovqat boʻlimida Y ni 5000(besh ming) soʻm ekanligini bilib oldi. Savol: Xdan bir harfni olib tashlasa Y hosil boʻlishini bilgan holda, ikkisini ixtiyoriy ketma-ketlikda yozib bering.