Qimor oʻyinlari nazariyasi bilan koʻp shugʻullangan Blez Paskal "oʻyinchi formulasi"ni ishlab chiqqan. Matematik jihatdan u x=k*N*p koʻrinishida ifodalanadi, bu yerda k — maʼlum bir koeffitsiyent, N — ushbu tikishda yutib olish mumkin boʻlgan pul miqdori, p — ushbu tikishning yutish ehtimoli. Agar hozirgacha uning miqdorini hech kim toʻgʻri oʻlchashni oʻrganmagan boʻlsa, x nima?
Oʻyinchi ushbu tikishni amalga oshirayotganda his qiladigan his-tuygʻular (emotsiyalar).