“X-ning qudrati” deb nomlangan rivoyatda Alisher Navoiyning xattoti kasal boʻlib qoladi va boshqa xattat uning sheʼrlarini koʻchirib berishini aytib, ishga kirish uchun murojaat qiladi. Sheʼriyat majlisiga kelganlar Alisherning yangi sheʼrini tanqid qiladilar. Sababini darhol anglagan Alisher sheʼr ahliga “Koʻzimni koʻr qilganlar koʻr boʻlsin” deydi va yangi xattotni ishdan haydaydi. X-ni toping.