Bir safar X asr oxirida, qirol Xaraldning ziyofatida ikki viking oʻrtasida duel boʻlib oʻtdi, jang toʻgʻridan-toʻgʻri stollar orasida, qirolning koʻz oʻngida kechdi. Vikinglardan biri raqibining boshini chopishga muvaffaq boʻldi. Chopilgan bosh qirolning quvonchiga sabab boʻlib, pivo solingan bochkaga tushdi. Ertasi kuni bir island skaldi (shoiri) tomonidan ushbu voqeaga bagʻishlangan pand-nasihatli qoʻshiq yaratildi. Xoʻsh, uning pand-nasihati nimada edi?
Unda pivo bochkasida boshni yoʻqotish xavfi haqida aytilgan edi.