Diqqat, savolda almashtirish bor. Bir kuni amerikalik prezidentlardan birining ovda omadi chopmabdi. Ammo yordamchilari bir hayvonni tutib, uni daraxtga bog‘lab, prezidentga otishni taklif qilishganda — u bu sportga xos emasligini aytib, rad etibdi. "Washington Post" gazetasidagi ushbu voqeaga ishlangan surat bir tadbirkorni YASHIL SVITER yaratishga ilhomlantirgan. Biz sizdan YASHIL SVITER nimaligini so‘ramaymiz, prezidentning ismi va familiyasini ayting.