Vladimirning maktubidan parchalarni tinglang: /-/ “Vatan xavf ostida boʻlgan bir vaqtda, minglab oʻgʻlonlar oʻz hayotlarini, qonlarini ayamay urush frontida jang qilayotgan bir paytda men oʻtiribman. Bir bilsang edi, yosh, sogʻlom boʻla turib orqa frontda oʻtirganim uchun odamlarning koʻziga qarashdan qanchalik uyalaman. Nima bilan boʻlsa ham urushishga roziman. Hatto U-2 da uchishga ham roziman, faqat jang qilay, bekor qolmayin. Men senga va vatanimga loyiq oʻgʻil ekanimni isbotlayman.” /-/ Vladimirning familiyasini ayting.