Vladimir Dal oʻz xotiralarida yozishicha, qishloqlardan birida uning pulini oʻgʻirlab ketishadi. Asosiy gumondor oʻgʻirlik boʻlgan joyda boʻlganini, lekin oʻgʻirlamaganini aytadi. Shu paytda Dalning ofitseri kelib, unda “sehrli strelka” borligini va u oʻgʻrini toʻgʻri topishini aytadi. “Sehrli strelka” gumondarni koʻrsatgach gumondor aybini tan oladi. Savol: Sehrli strelka aslida nima edi?