Hozir biz siz bilan Xitoyga ko‘chamiz. Qadim zamonlarda Sichuan provinsiyasidagi uchta daryo qo‘shilgan joyda shunday kuchli girdoblar bo‘lganki, qayiqlar va hatto kemalar tez-tez ag‘darilib ketgan. VIII asrda bu yerda rohib Xay Tong Budda haykalini qurishni boshlagan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoyaga o‘yilgan. Budda haykali daryo bo‘yida qad ko‘targanidan beri bu joyda fojialar to‘xtagan. Mistika! Bu nima sababdan sodir bo‘lgan? Bu mo‘jizani qanday tushuntirish mumkin?