Papa Stefan VI taxtga o‘tirishi bilanoq oliy cherkov sudini chaqirdi. Sudyalar so‘roq va tergov majlisini o‘tkazdilar. So‘ngra sudlanuvchining qo‘lidagi uchta barmog‘i kesib tashlandi va uning o‘zi Tibr daryosiga uloqtirildi. Biroq, bu sud Rimda tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Aholi papaning bu kufrligidan g‘azabda edi. Ushbu sudda sudlanuvchi kim edi?