Versiyaga koʻra BU SOʻZ qadimgi xitoy tilida “ustoz”, “muallim” maʼnolarini anglatgan. Akademik Bartold fikriga koʻra, BU SOʻZ sanskrit tilidan olingan boʻlib, dastlab buddaviy zohidni bildirgan. Turkiy tillarda BU SOʻZning “tabib” maʼnosi ham bor boʻlib, odamlarni ruhlar yordamida davolovchi kishilarni shunday atashgan. Lekin bu soʻz bilan ataluvchi, tabib boʻlmagan insonlar yurtimizda mashhurroq. Savol: Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatida ham uchrovchi BU SOʻZni toping.