Vengriyalik sayohatchi Herman Vamberi bu shahar nomining kelib chiqishini ushbu hududlarda qadimdan keng tarqalgan oʻgʻil bolalarning doʻst tutinish odati bilan bogʻlaydi. Bu marosim boʻyicha doʻst tutingan oʻgʻil bolalar qarindoshlardan ham yaqin, taʼbir joiz boʻlsa, bir tanu bir jon hisoblanib, oʻlim xavf solib turganida ham, avvalo, doʻstini qutqarishga ont ichishgan. Aytish mumkinki, ushbu doʻst tutinish odati bir termin bilan atalib, hozirda ham qarindoshchilik munosabatlariga oid soʻzlar tarkibida tez-tez qoʻllanilib turadi. Siz bu odatning nomini emas, H. Vamberi fikriga koʻra, shu odat bilan bogʻliq boʻlgan shahar nomini yozib bering.