Oʻz vaqtida Vimbldon futbol klubi “Aqldan ozgan gangsterlar” laqabini olgan edi. Bu laqab oʻyinchilarning juda qoʻpol va oʻyin qoidalarini buzuvchi harakatlari bilan bogʻliq edi. Gari Lineker oʻsha davr haqida gapirar ekan, televizor – Vimbldon klubini kuzatish uchun eng yaxshi usul ekanligini taʼkidlaydi. Linekerning iborasidagi bir soʻzning 5 ta harfini boshqa 5 ta harf bilan almashtirdik. Oʻsha harflarni yozing yoki soʻzni tiklang.