Soatga boʻlgan moda bir necha davlatni va bir necha asrni qamrab oldi. Ularni qayerlarda taqishmagan deysiz: shlyapalarda, belbogʻlarda, zanjirlarda, hassa tayoqlarda. Ammo eng ixtirochi va amaliyotchi, ehtimol, Fransiyaning boʻlajak qiroli Karl V — graf d'Artua boʻlib chiqdi: qimmatbaho ramkadagi koʻplab mitti soatlar unga xizmat qilgan. Xoʻsh, bu soatlar fransuzga nima boʻlib xizmat qilgan?