Aytgancha, yana Bekon haqida... Diqqat, savolda almashtirish bor. Fransiskanlar ordeni generalining buyrug'iga binoan, Rojer Bekon oltin olish sirlarini ochishdan bosh tortgani uchun Oksforddagi monastir kutubxonasida uning asarlarini SHUNDAY QILISHGAN. O'z vaqtida Ispaniya qiroli Filipp V barcha kataloniyaliklarni qurolsizlantirishni istab, ularning barcha pichoqlarini SHUNDAY QILISHNI buyurgan. Savolda "SHUNDAY QILISH" so'zlari bilan nimani almashtirdik?