Maʼlumki, Gretsiya miloddan avvalgi V asr oxiridagi urushlar tufayli qattiq jabr koʻrgan. Jangchilar qadami ostida koʻp marta toptalgan yer, dushman bosqinlari paytida shikastlangan yoki butunlay kesib tashlangan zaytun daraxtlari va uzumzorlar yaralarini qiyinchilik bilan davolardi. Ayrim afinaliklar qishloq hayotini qaytadan boshlashga arziydimi yoki shaharda qolib, oilasi bilan olayotgan sariq chaqalarga kun koʻrish yaxshimi deb uch marta oʻylab koʻrishardi. U bu pullarni nima uchun olardi?