"Uzuklar hukmdori" filmi suratga olinishidan avval mutaxassis Robert Gilbert aktyorlar bilan mashgʻulot olib borgan. Gilbert 70-yillarda "Yulduzlar jangi" filmlari suratga olinishida ham aktyorlar bilan shunday mashgʻulot olib borgan edi. Buni eshitgan savol muallifi oʻz ishining ustasi boʻlgan Gilbertni shu nom bilan ataydi. Bu nom 1840-yilgi asar nomi bilan ham bir xil. Diqqat savol: siz oʻsha asar muallifini ayting?