Uzeyir Hojibeyov asarlaridan birida shunday yozgan edi: Ozarbayjon doimo yaxshi bogʻbon boʻla oladigan jamiyatga muhtoj boʻlgan. Uzeyir beydan iqtibos keltirgan yozuvchi Sobir Rustamxonli “Umr kitobi”da fikrini davom ettirib, jamiyatni katta jinoyatlarda ayblaydi: Bu bogʻbon XII asrda Xoqoniyni Shirvondan quvgʻin qildi. XV asrda Nasimiyning terisini tiriklayin shildi. XVIII asrda Voqifning boshini kesdi. XIX asrda Sayid Azimni eshik orasida boʻgʻdi. XX asrda Sobirni ochlikdan oʻldirdi. XVI asrda Fuzuliyga nisbatan qilingan harakatni esa Adolf Gitler 1936-yilning yozida bir necha bor takrorlagan. Gap nima haqida ketmoqda?