[Chigalyozdi] Agar utro.ru saytida eʼlon qilingan maqolaga ishonadigan boʻlsak, bu voqea haqiqatda sodir boʻlgan: bir nudist mototsiklda oʻrmon boʻylab onadan tugʻma holatda ketayotgan edi. Unga ari toʻdasi hujum qildi. Chaqishlar natijasida u boshqaruvni yoʻqotib, daraxtga urildi. Voqea joyiga kelgan politsiya haydovchining guvohnomasini tekshirdi va... bechorani jarimaga tortdi. Nima uchun?