zakovatklubi.uz

Usmonli turk Sultoni Murod I hukmronligi davrida musulmon boʻlmagan oilalardan undiriladigan “devshirma” yaʼni qon soligʻi joriy etilgan. Ushbu soliqdan UNDIRILGANLAR keyinchalik Usmonli Turk Imperiyasi qudratini mustahkamlashda muhim rol oʻynagan IGREKLARning asosini tashkil etishgan. Diqqat savol: Yana bir nomi Kapikulu boʻlgan IGREK ni bir soʻzda yozib bering. || 19-20-asrlarda Hindistonda yetimxonaga tashlab ketilgan chaqaloqlarga, agar ularning ismi familiyasi yozilmagan va ota-onasi nomaʼlum boʻlsa, olib kelingan hafta kunining nomi familiya sifatida berilgan. Shu sabab Hindistonda Mangalvar, Guruvar, Budhvar kabi nomlarni koʻp uchratish mumkin. Diqqat kutilmagan savol: Hindi tilida “Shanba” qanday nomlanadi?

Manba