zakovatklubi.uz

Ushbu tamaki mahsuloti 1960 yildan boshlab sobiq Sovet Ittifoqining tamaki sanoati korxonalarida ishlab chiqarila boshlangan. Ushbu marka nisbatan arzon narxi (bir qutining narxi 14 tiyin boʻlgan) va tamaki sifati bilan “Belomorkanal” sigaretidan yomonroq emasligini isbotlagan hamda oʻz vaqtida sobiq ittifoqda mashhurlikka erishgan. Shuningdek, ushbu marka sigaretalari norasmiy «Soldatskiye» nomiga ega boʻlib, asosan harbiy qismlar hududidagi savdo doʻkonlarida keng sotilgan, hamda SSSR Qurolli Kuchlarining oddiy askar va serjantlarining tamaki nafaqasiga kiritilib, bir kuniga 1 askarga 10 ta sigaret berilishi belgilangan. Diqqat kutilmagan savol: menga tamaki markasini aniq nomini emas, balkim 1970 yillarning boshida ushbu markaga nisbatan aytilgan maqtovli iborani yozib bering?

Manba