zakovatklubi.uz

Ushbu shaharga miloddan avvalgi 24-yilda rimliklar asos solishgan va uni Colonia Caesaraugusta [Koloniya Sezaraugusta] deb nomlashgan. Keyinchalik arab halifaligi davrida bu nomga oʻzgartirishlar kiritilib, hozirgi biz bilgan shaklga kelgan. Savol: Ushbu shaharning hozirgi nomini yozib bering || 1681-yili Angliya qiroli Charlz II Uilyam Pen ismli yosh ruhoniyga Delaver daryosining gʻarbidagi juda katta hududni beradi. Uilyam bu hududga "Silvaniya" nomini berishni taklif qiladi. Qirol bu taklifni qabul qiladi va biroz oʻzgartirib hududni biz bilgan hozirgi nomi bilan atashga qaror qiladi. Savol: Ushbu hududning hozirgi nomini yozib bering. || Arab lashkarboshisi Toriq ibn Ziyod 711-yilda qoʻshin bilan boʻgʻozdan oʻtgach, sohildagi qoyaga istehkom qurgan. Bu istehkom sarkarda nomi bilan Jabal ut-Toriq yaʼni Toriq togʻi nomini olgan. Keyinchalik shu istehkom joylashgan yarimorolga shu nom ishlatila boshlangan. Savol: Ushbu yarimorolning hozirgi nomini yozib bering

Manba