Ushbu savolni birinchi savol ekanligiga hech qanday aloqasi yoʻq, birinchi savol bilan bogʻliq variantlar qidirib, behuda vaqt ketkazmang. Savolda BU ISHNI QILISH soʻzlari 3 ta soʻzni almashtirib keladi, shundan ikkitasi bir xil harfdan boshlanadi. Oʻzbekiston xalq artisti Mahmud Namozovning eslashicha, oʻtgan asrning 60-yillari oxirida qishlogʻida BU ISH QILINGANDAN keyin odamlarda qishloqdan oqib oʻtuvchi Katta ariqqa ehtiyoj kamaygan, natijada ariq tozalanmasdan, loyqalanib, sayozlashib ketgan. Mahmud Namozov qishloqqa kelgan sodda mehmonlar “motori kuymaydimi?” deya savol berishganini kulib eslaydi. Savol: Almashgan 3 ta soʻzni lotincha soʻz qatnashgan holda yozib bering.