Ushbu savolimiz “Venzdey” filmini bir daqiqasini ham oʻtirib yubormay tomosha qilganlar uchun. Tarqatmada Venzdeyning hamrohi Panjani koʻrib turibsiz. Filmda Venzdey Panjaga turli topshiriqlar, koʻrsatmalar berib boradi. Ana shunday topshiriqlardan birini Panjaga berish chogʻida Venzdey bir iboraning bitta soʻzini oʻzgartirgan holda aytadi. Ushbu iboraning asl variantida ham, oʻzgargan shaklida ham tana aʼzolari ishtirok etgan. Diqqat! Rasmga diqqat bilan qaragan holda bizga oʻzgargan iborani yozib bering