Ushbu savolga toʻgri javob topgan bahongiz umringiz bahosiga teng boʻlishi mumkin. Usmon Azimning bu sheʼri UNING soʻnggi tushi deb ataladi. Men, har holda, Toshkentda edim, Xadrasida, yo Oʻrdasida. Es-hushimdan ayrilib turdim Keng shaharning qoq oʻrtasida. Tongotarga boqdim-da, birdan — Koʻkragimni qoldim quchoqlab. Ufq nega qonga belangan, Kim osmonni ketdi pichoqlab? Savol: Bu sheʼrni Usmon Azim kimning soʻnggi tushi deb nomlagan. Javob: Usmon Nosir Izoh: Savolning preambula qismida ushbu savolga toʻgri javob topgan bahongiz umringiz bahosiga teng boʻlishi mumkin deyishimiz Usmon Nosirning Sheʼrim sheʼridagi quyidagi misralarga ishora edi: Sen yuragimning chashma suvi sen, Sen koʻzlarimning gavhar nurlari. Sening bahongni kim soʻrasa, de: “Bahom umringning bahosiga teng!”