Ushbu savolda javobni avval xato yozib, vaqt tugagunga qadar toʻgʻrilab yozib berishingiz mumkin. Bett Grem ismli kotiba ayol oʻz ixtirosini avval boshliqlaridan yashirishga majbur boʻlgan, lekin boshqa kotibalar ham uning ixtirosidan soʻrab foydalana boshlaganidan soʻng oʻz kompaniyasiga asos solgan. 1979-yilga kelib bu ixtiro 25 million flakondan ortiq tayyorlanar edi. Savol: Bett Grem “Adashish huquqi” deb nomlagan bu ixtiro nima ekanligini yozib bering.