Ushbu savol oʻta qiyin savollar turkumiga kiradi. Alisher Navoiy "Hamsa" asariga qoʻl urganda bu ishning qanchalik ogʻir va masʼuliyatli ekanligini bir qancha iboralar bilan taʼriflagan. Masalan, «osmonga nardbon» yoki «quyoshga shamdon» yasash, «oʻrgumchak ipi bilan ajdahoni band etish» kabi oʻxshatishlar qilgan. Shuningdek, u yana bir oʻxshatishida "bu xuddi BIRINChIGA IKKINChINING ishini yuklatishdek gap" deydi. Boshqa maʼnodagi iborada ham BIRINChI va IKKINChI tilga olinadi. Savol: BIRINChI va IKKINChIni toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering.