Ushbu savol orqali bugungi oʻyinimizga start beramiz. Juda noqulay ob-havo sharoitida oʻtgan yugurish boʻyicha musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchidan jurnalistlar intervyu olishadi. Sportchidan “musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritishingizda qanday qiyinchilikka duch keldingiz?” degan savolga sportchi “yugurish davomida hech qanday qiyinchilik tugʻilmadi, faqatgina BIRINCHIni IKKINCHIdan farqlab olishim gʻolib boʻlishimda muhim ahamiyat kasb etdi” deya javob beradi. Savol: BIRINCHI va IKKINCHI oʻrnida almashgan soʻzlarni yozib bering.