Ushbu multfilmning ishchi nomlari orasida “Kalahari qiroli”, “Hayvonlar shohi” va “Jungli qiroli” kabi nomlar boʻlgan. Multfilm ijodkorlari uni “Jungli qiroli” deb nomlab, “Jungle King” emblemalari tushurilgan futbolkalar tarqatib boʻlingan bir vaqtda ijodkorlardan biri jungli mantiqan notoʻgʻri boʻlishini aytgan. Natijada multfilmning nomi barchamizga tanish nomga oʻzgartiriladi. Savol: Barchamizga tanish boʻlgan ushbu multfilm nomini yozib bering.