zakovatklubi.uz

Ushbu jamoa1950 yil 7 noyabrda tashkil etilgan. 1959, 1973, 2004 va 2021 yillarda Rossiya chempioni boʻlgan. 2021 yilgi Gagarin Kubogi sovrindori. Dastlab Spartak, Aeroflot, Kauchuk, Ximki, Shinnik nomlari ostida qatnashgan. Hozirgi nomini 1981 yildan olgan. Qaysi jamoa? || Ushbu nomdagi toponimdan Belarusda birta, Qozogʻistonda 3 ta, Latviyada birta, Rossiyada 11 ta, Ukrainada 3 ta uchrar ekan. Oʻzbekistonda 1994 yilgacha Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Ilgʻor aholi punktining nomi boʻlgan. Ushbu toponimni toping. || Sobiq ittifoqda 1936 yilda tashkil etilgan ogʻir mashinasozlik ishchilari kasaba uyushma sport jamiyati shunday atalgan va turli sport turlarini rivojlantirishga bagʻishlangan. Unga keyinchalik transport mashinasozligi va kemasozlik sanoati ham qoʻshilgan. 1957 yil 30 oktyabrda tarmoq prinsipidan hududiy prinsipga oʻtish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach ushbu sport jamiyati tugatildi. Sport jamiyatining nomini toping.

Manba