Ushbu inson Sherali Joʻrayevning qoʻshiqlarini shunchalik yaxshi koʻrganki, bir safar 6 oyga juda uzoqqa ketish oldidan tuzgan pleylistida faqat Sherali Joʻrayev qoʻshiqlari boʻlgan. Kunlarning birida esa qoʻshiqchiga telefon qilib, uning “Oltin qanot” rok trekini mazza qilib eshitayotganini aytgan ekan. Savol: 1964-yilda Oʻshda tugʻilgan bu oʻzbekning ism-familiyasini toping!