Ushbu eksponatlar toʻplami 8000 dan ortiq sopol haykallar, otliqlar va jang aravalaridan tashkil topgan. Askarlar haykalining boʻyi 175-200 sm. Jang aravalari va otlari ham haqiqiysining oʻlchamlarida ishlangan. Ushbu toʻplamni 1974-yilgi qurgʻoqchilikdan aziyat chekib, quduq qazmoqchi boʻlgan dehqonlar topgan. Savol: Biz bu toʻplamni qaysi nom bilan bilamiz?