zakovatklubi.uz

Ushbu bayram Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Grenada, Sent-Lyusiya va Liberiyada turli sanalarda nishonlanadigan milliy bayramdir. Xuddi shunday nomlangan festival bayramlari Germaniya va Yaponiyada boʻlib oʻtadi. Bayram Kanadada oktyabr oyining ikkinchi dushanbasida, Amerika Qoʻshma Shtatlarida noyabr oyining toʻrtinchi payshanbasida nishonlanadi. Orif Tolib oʻz kanalida yurtimizda boshqa bir quvonchli kun munosabati bilan qutlash uchun ushbu bayram nomidan foydalanish toʻgʻri kelmasligini taʼkidlagan. Chiroyliroq yoki balandparvoz tabrik uchun bu iborani qoʻllash oʻzini oqlamaydi deyiladi post davomida. Savol: Qaysi bayram haqida soʻz bormoqda?

Manba