Urush haqidagi serial epizodida razvedkachini nemislarning diversantlar maktabiga yuborish rejalashtiriladi. Uni fosh boʻlib qolmasligi uchun jinoyatchi roliga kirish buyuriladi. Buning uchun hatto haqiqiy oʻgʻri chaqirtirilib, razvedkachiga kissavurlikdan dars beradi. Razvedkachi oʻgʻridan «sizga nima deb murojaat qilishim kerak» deb soʻraganida laqabini aytadi. «Nega laqabiz bunaqa» degan savoliga «Men hamma ishni silliq bitiraman» deb javob beradi. Aytingchi, uning laqabi qanday boʻlgan?