"Eski qoʻshiqlar asosiy narsa haqida" koʻrsatuvining sonlaridan birida doʻstlik haqidagi qoʻshiq ijro etilayotganda kadrda qisqa vaqtga ushbu buyum paydo boʻladi. "Unreal Tournament" oʻyini muxlislari esa baʼzi mustaqil chizilgan xaritalarda buni qurol turlaridan biriga aylantirishgan. Uni qoʻlga olganda esa: "O, necha yildirki bu matohni koʻrmagandim!" degan yozuv chiqadi. Bu nima?