"Unlimited IT" kompaniyasi taqdim etilayotgan internet tezligidan norozi edi. Provayder zamonaviy texnologiyalardan qanchalik orqada qolganini koʻrsatish uchun kompaniya xodimlari boshqa shahardagi ofisga xotira kartasi bilan IKSni yuborishdi. Shu bilan birga, oʻsha maʼlumotlar internet orqali ham yuborila boshlandi. Xotira kartasi yetib borgan vaqtda internet orqali maʼlumotlarning atigi bir necha foizi uzatilgan edi. Biz IKS bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?