Uning talqinlaridan biri quyidagicha: kafolatli magʻlubiyatga eltuvchi ikki oʻyin strategiyasidan maʼlum ketma ketlikda foydalanilsa yutuqqa olib keladi. Sandra Bleyksli U haqida gapirar ekan, qulayotgan aksiyalarga investitsiya kiritish kapitalni oshirishi mumkinligini va ishqiy mojaroga yoʻliqqan Bill Klintonning yakunda reytingi oshib ketganligini misol qilib keltiradi. Diqqat savol: Uni bir xil harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering!