Uning paydo boʻlishiga ikkita versiya keltirilgan boʻlib, birinchisi, qiz bolalar voyaga yetgandan soʻng oʻz goʻzalliklarining bir qismini xudolarga qurbonlik qilishgan boʻlsa, ikkinchi nazariyada esa qadimgi Nil vodiysining qattiq qizdiradigan quyoshi tilga olinadi. Oʻrta asrlarda oʻlimga hukm qilingan insonlar Uni yasashda manbalardan biri boʻlishgan. Diqqat savol: Kasblardan biriga nom bergan Uni bir soʻzda toping.