Uning nomi kelib chiqishi haqida chavandoz, nom qozongan yoki xalqning otasi degan turli versiyalar mavjud. Versiyalar har qancha turli boʻlmasin, barchasi turkiy tildan olingan deyishadi. Siz uni bir necha tarixiy filmlardan tashqari “Muzeydagi kecha” (Noch v muzeye) filmi franshizasida ham koʻrgansiz. Bir daqiqadan soʻng hanuzgacha tan olishimiz qiyin boʻlayotgan, bizdan koʻra mashhur aktyor Jerrard Batler koʻproq taniydigan bu ajdodimiz nomini yozib bering.