UNI ishlatishdan oldin olovga tutib, zirapchalardan tozalash va yogʻga botirib olish tavsiya qilinadi. 2-3 yil oldin Yaponiyada boʻlib oʻtgan televiktorinada Abdulloh Musayev UNING tasvirini yaponlarga koʻrsatganda yaponlar UNI sigaret, periskop yoki nindzyalarning bambugiga oʻxshash nafas oladigan vositaga oʻxshatishgan. Savol: UNING nima ekanini yozib bering.