"Umuman olganda, ikki yozuvchi bir asar ustida qanday ishlay oladi?" degan savolga xotira muallifi, bir maktabda oʻqib, bir xil muhitda oʻsganlarini misol qilib koʻrsatadi. Keyingi jumlalarda "Biz asar ustida ishlayotganimizda rassomlik texnikumiga ham borishimizga toʻgʻri keldi. Biz hatto Italiya va Yugoslaviya haqida alohida asarlar ham yozishimiz mumkin edi" deb qayd etadi. Gap qaysi asar haqida ketayotganini tushungan boʻlsangiz, ushbu asar muallifi boʻlgan bu ikki shaxs kimligini toping.