zakovatklubi.uz

UFC turnirlari ikki toifaga: raqamli va Fight Night turnirlariga boʻlinadi. Raqamli toifadagi turnir bir oyda bir marotaba boʻlib oʻtishi va eng mashhur, chempion jangchilarning bir joyga yigʻishi bilan muxlislarga qiziq. Fight Night turnirlari esa har hafta boʻladi va qatnashuvchilar ham haminqadar tarkibdan tashkil topishadi. UFCʼga yangi kelib qoʻshilgan jangchilarning eng katta orzusi raqamli turnir kardidan joy olish boʻlishiga qaramasdan, yarim oʻrta vazn chempioni Kamaru Usman tashkilot rahbarlaridan shu sababga koʻra har safar Fight Night turnirida jang qilishni iltimos qilib soʻrayvergan. Shu kabi voqea Djeki Chan, Sharliz Teron, Nikki Minaj va Keanu Rivas kabi mahshurlar tarixidan ham oʻziga xos iz qoldirgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, xuddi shunday holat aks etgan turk filmi nomida 7 sonini uchratishingiz mumkin. DIQQAT SAVOL: Savolda taʼkidlangan shaxslarning xayotida boʻlib oʻtgan mashʼum holat nima ekanini ayting!

Manba