U yoshligida yogʻoch poʻstloqlaridan avtomobillar maketini tayyorlashni yoqtirgan boʻlib, 1983-yilda Xuan Manuel Fanxioning tavsiyasi bilan Italiyaga keladi va oʻz orzusiga erishadi.Diqqat savol: 1955-yil Santa-Feda tugʻilgan U kim ekanligini yozib bering. || Marfan sindromi bu irsiy tugʻma kasallik boʻlib, bunda odamning boʻyi uzun, barmoqlari choʻziq va tayanch-harakatlanish sistemasida deformatsiyalar boʻladi. 1782-yil Genuyada tugʻilgan inson ham aslida Marfan sindromiga chalingan boʻlib, balki oʻsha davr odamlari hali kasallik haqida maʼlumotga ega boʻlishmagani uchun ushbu inson haqida notoʻgʻri tushuncha paydo boʻlgan. Diqqat savol: Ushbu insonni yozib bering.