“Tvin Piks” seriali qahramoni agent Kuper tushida BU YERNI tez-tez koʻrishining sababini Devid Linchdan soʻrashganda, u BU YERDA qahramonning qoʻrquv va hayajonlari goʻyo aks etishini, yuzaga chiqishini bildirgan. Bir kasb egalari esa BU YERNI kumush bilan reaksiya sodir boʻlmasligi uchun tanlaydilar. BU YER bilan almashtirilgan I turdagi aniqlovchi soʻz birikmasini ayting.