"TV-Park" jurnalining xabariga ko'ra, Kaluga bolalari suvaraklarni tutib, bankaga solishadi, uzoq vaqt och qoldirishadi va keyin qo'yib yuborishadi, bunda ularga to'yguncha asal yedirishadi. Suvaraklar yeyishi kerak bo'lgan asal oldindan ma'lum buyumlarga surtiladi. Biz sizdan asal nimalarga surtilishini so'ramaymiz, chunki sizda kamida ikkita taxmin paydo bo'lishi mumkin, shunchaki javob bering: bolalar shu yo'l bilan nimadan xalos bo'lishadi?