Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedov Prezident boʻlganidan soʻng ilk rasmiy tashrifini aynan mana shu Osiyo mamlakatiag amalga oshiradi. President bu tashrifi bilan barchasini xayrli ish bilan boshlashga qaror qilgandir balki. Savol: Prezident boʻlganidan soʻng ilk rasmiy tashrif qaysi davlatga amalga oshirilgan ? || Sport gimnastikasi boʻyicha Yevropa chempioniga aylangan gimnastikachi Ris Makklenagan UNDAN boʻsa oladi. Turkmaniston Prezidenti ham boshqa bir sport turida gʻalaba qozonganidan soʻng UNDAN boʻsa oladi. Savol:Uni yozib bering. || 1962-yil Merilin Monro bu ishni AQSh prezidenti Jon Kennideniga nisbatan amalga oshirgan boʻlsa, 2013-yil Jennifer Lopez Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedovga nisbatan amalga oshirgan. Savol:Gap qanday ish toʻgʻrisida ketayotganligini maksimal aniqlikda yozib bering.
Saudiya Arabistoni. || Ot. || Happy Birthday, Mr. President” [Heppi byozdey mister prezident] qoʻshigʻini kuylash.