Turk seriallaridan birida trabzonlik boy tadbirkor haqida soʻz boradi. Uning naqadar boy ekanligini taʼkidlash uchun filmda yarim hazil, yarim chin shunday jumla ishlatiladi: “U shunchalik boyki, oʻtgan yili ... ... ... ... boʻlsa ham, u hatto kayfiyatini ham buzmadi”. Tushirib qoldirilgan 4 ta soʻzni toping.